Germaniyada haydovchilik kurslarini taklif qilamiz
Quyidagi kurslarga taklif qilamiz:
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik
Men SBH West GmbH tomonidan mening shaxsga doir ma’lumotlarimga ishlov berishga, shu jumladan ularni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, yangilash, aniqlashtirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, egasizlantirish, yo‘q qilish, shuningdek, transchegaraviy uzatishga quyidagi maqsadlarda rozilik bildiraman:
- Kasbiy malaka oshirish bo‘yicha ishtirok etish yuzasidan aloqa o‘rnatish;
- Kasbiy malaka va o‘qitish dasturlarini boshlash, tayyorlash va amalga oshirish;
- Mos malaka imkoniyatlari haqida maslahat va ma’lumot berish;
- Kasbiy malaka doirasida ma’muriy qayta ishlash va hujjatlashtirish;
- Kasbiy malaka jarayonida ishtirok etuvchi hamkorlar va muassasalar bilan hamkorlik qilish.
Ushbu Rozilikda shaxsga doir ma’lumotlar tushunchasi ostida bevosita yoki bilvosita menga tegishli har qanday ma’lumot tushuniladi.
Men ushbu bilan shaxsga doir ma’lumotlarimni yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar doirasida, shu jumladan transchegaraviy uzatish orqali, uchinchi shaxslarga taqdim etishga rozilik bildiraman. Bunday uchinchi shaxslar mazkur Rozilikda belgilangan usullar asosida shaxsga doir ma’lumotlarimga ishlov berish huquqiga ega bo‘lib, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlashga doir qonunchiligiga rioya qilinishi shart.
Menga ma’lumki, operator O‘zbekiston Respublikasining 2019‑yil 2‑iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ‑547‑son Qonuni asosida shaxsga doir ma’lumotlarimga ishlov berishga haqli bo‘lib, ularni noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxa ko‘chirish, ularni berish, tarqatish va boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish учун zarur choralarni ko‘radi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berishga rozilik 6 oy muddatga beriladi, agar undan keyin boshqa shartnomaviy munosabat yuzaga kelmasa.
Men ushbu rozilikni mustaqil va ixtiyoriy ravishda berganimni tasdiqlayman.